TATU o’qituvchisi Yaponiyada “ICT for the Improvement of Government Capacity and Services” nomli grant dasturi asosida malaka oshirish kursini tamomlab qaytdi

Hozirgi kunda E-hukumat tizimini takomillashtirish maqsadida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda turli xil loyihalar va xizmatlar yaratilib keng ommaga taqdim qilib kelinmoqda. Asosan E-hukumat tizimini yanada rivojlantirish uchun chet el davlatlari jumladan Korea Respublikasi, Yaponiya, Singapur, Avstraliya va boshqa davlatlar tizimidan foydalanib kelinmoqda. O’z navbatida E-hukumat tizimini yanada takomillashtirish bilan birgalikda ushbu tizimda faoliyat olib boruvchi xodimlar malakasini oshirish ham muhim hisoblanadi. Shu maqsadda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining O’zbekistondagi bo’limi (JICA Uzbekistan) tomonidan “ICT for the Improvement of Government Capacity and Services” nomli grant dasturi e’lon qilindi. Ushbu dasturga mos holda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan taqdim qilingan nomzodlar orasidan, katta ilmiy xodim-izlanivchi Kuchkorov Temurbek Ataxonovich muvaffaqiyatli o’tib, mazkur kurs bo’yicha deyarli 5 oy muddatli (Mart-Iyul, 2017) malaka oshirish kursini tamomlab qaytdi. Mazkur kurs Yaponiyaning Okinawa shahrida Okinawa xalqaro markazi (JICA OIC) va Fujitsu kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan.

Mazkur kursda T.Kuchkorov E-hukumat, dasturlash va axborot xavfsizligiga oid bo’lgan bir qancha fanlar (Enterprice architecture, E-government, Open Source Software, ICT for developent, Cloud computing, Big data/IoT, Program development basics, Information security audit, Information security management system va boshqalar)ni o’zlashtirib keldi. Kurs yakunida T.Kuchkorov JICA va Fujitsu kompaniyasi tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.