Electronics and Radiotechnics

Kafedra mudiri:

Tulyaganov Abduxalil Abdujalilovich

Qabul vaqti: Dushanba – Shanba (15:00-17:00 gacha)
Telefon: (0 371) 238-65-87

“Elektronika va radiotexnika”  kafedrasi 2013 yil “Elektronika va sxemotexnika” xamda «Radiotexnika va radioaloqa» kafedralarining birlashuvi asosida tashkil etilgan.. Kafedraga 2013-2014 yillarda fizika-matematika fanlari doktori, professor X.K.Aripov, 2014-2016 yillarda texnika fanlari nomzodi I.R. Faziljanov mudirlik qildi va 2016 yil mart oyidan texnika fanlari nomzodi, professor A.A. Tulyaganov mudirlik qilib kelmoqda.

“Elektronika va sxemotexnika” kafedrasi 1969 yilda radio qabul qilish  qurilmalari, hozirgi  mobil aloqa tizimlari kafedrasi negizida tashkil etildi. Kafedraga 1969 -1972 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent E.N.Faxrutdinov, 1972-1981 yillar davomida fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent I.S.Andreev, 1981-1986 yillarda fizika- matematika fanlari nomzodi, dotsent N.Yu.Yunusov, 1986-1988 yillarda O‘zFA akademigi, fizika–matematika fanlari doktori, professor  M.S.Yunusovlar va  1988-2013 yillarda fizika-matematika fanlari doktori, professor X.K.Aripov mudirlik qildilar. Turli davrlarda kafedrada professor A.X. Qosimov, dotsentlar: L.A. Vvedenskaya, A.G. Vishnevetskiy, I.S. Andreev, N.Balaban, I.A. Kildeev, A.M. Abdullaev, X.X. Toxirjonov, N.Yu. Yunusov, A.A. Tulyaganov, Yu. Abduraxmonov, X.X. Bustonov, ye.V. Ob'edkov, Sh.Z. Tadjibaev, N.B. Alimova, katta o‘qituvchilar: R.I.Mansurov, O.R.Rixsimboev, Yu.P. Vaulina, ye.G. Glininnaya, G.N. Kuzmina, G.N. Sepenok, V.Z. Pyataev, I.A. Karsevich, G.V. Kornilseva, R.K. Atametov, G.J. Axmedova, D.M. Mirxabibova, D.S. Irgashev assistentlar: N.M. Latipova,  N.V. Yusupova, M.R. Alimova, N.R.Umarova, T.U.Nurmuxamedova, T.M. Ismoilov, B.Sh. Usmanovlar  va boshqalar ishladilar.

1960 yili tashkil etilgan «Radiotexnika nazariy asoslari» nomi bilan yuritilgan kafedraning, 1964-1965 o‘quv yilida «Signallar uzatish nazariyasi va nochiziqli elektr zanjirlar nazariyasi» kafedrasi deb qayta tashkil etilishi va nomlanishi asosida, 2003-2004 o‘quv yilidan esa, ta'lim yo‘nalishlari o‘quv rejasiga mos ravishda «Radiotexnika va radioaloqa» nomi bilan yuritila boshladi. Kafedraga 1960-1964 yillarda katta o‘qituvchi V.A.Chernousov, 1964-1978 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent G.Ya.Lyaxovetskiy, 1978-1993 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent A.A.Kropivnitskiy, 1993-1997 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent S.X.Sidiqov mudirlik qildilar.

Turli davrlarda kafedrada dotsentlar: B.N.Vorotinsev, M.A.Mendelson, V.I.Lyutin, N.N.Gulto‘raev, texnika fanlari nomzodi V.A.Pak, texnika fanlari nomzodi A.A.Yarmuxamedov,katta o‘qituvchilar: V.K.Shteyn, ye.T.Avilkina, Ya.T.Yusupov, assistentlar: ye.T.Jalolova (Kravchenko),  A.A.Savchuk, Yu.I.Kulebyakin, O.M.Qurbonov, A.A.Kovalenko, O.G.Shatskaya, N.V.Bochkaeva, L.A.Buchok, K.B.Boymurodov va boshqalar faoliyat yuritdilar.

2003-2004 o‘quv yilida kafedra “Radiotexnika va radioaloqa”  deb nomlandi. Shu davrda kafedra mudiri dotsent Abduazizov A.A. katta o‘qituvchilar I.R.Faziljonov, A.A Yarmuxamedov., N.V. Grinuk, X.X.Shayusupova, U.Sh.Sobirova, I. A. Savitskiy, I.V. Koralevalar faoliyat ko‘rsatganlar.

Hozirda “Elektronika va radiotexnika” kafedrasida: kafedra mudiri - texnika fanlari nomzodi, professor A.A. Tulyaganov, professor lavozimida: f-m.f.d., professor X.K. Aripov, f-m.f.n., professor A.M. Abdullaev, t.f.n., dotsent V.A. Tulyaganova, katta o‘qituvchilar: D.M. Mirxabibova, X.X. Shayusupova, U.Sh. Sobirova, Sh.T. Toshmatov, N.A. Yadgarova, assistentlar: O.X. Nushtaeva, G.X. Juraeva, T.U. Nurmuxamedova, Z.X. Aripova, V.A. Gazieva, Sh.Q. Xolmonov, M.X. Xomidov, A.A. Yadgarova, F.K. Raxmanova, S.K. Ramonova, K.B. Boymurodov, X.I. Foziljonov, N.R. Salixov, A.Ya. Ashurov, o‘rindoshlar: t.f.d., k.i.x. D.M. Yodgorova, f-m.f.d., professor A. Yusupov,  A.K. Ataniyazov, Ya.T. Yusupov, A.S. Shamsiev, J.I. Mamajanov, B. Usmanovlar faoliyat ko‘rsatmoqdalar.

Bakalavriat

  • Telekommunikatsiya texnologiyalari (Telekommunikatsiya texnologiyalari, Teleradioeshittirish, Mobil tizimlar)
  • Televizion texnologiyalar
  • Maxsus fakultet
  • AKT sohasida kasb ta’limi
  • Axboratlashtirish va kutubxonashunoslik
  • Kompyuter injeniring (Kompyuter injeniring, AT servis, axborot xavsizligi, multimediya texnologiyalari)
  • Dasturiy injeniring
  • Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment
  • Pochta aloqa texnologiyasi

Kafedra professor o’qituvchilari

  • Aripov X.K. - Matematika-fizika fanlari.doktori, professor;
  • Abdullaev A.M. - Professor;
  • Mirxabibova D.M. - Katta o‘qituvchi;
  • Sobirova U. Sh. - Katta o‘qituvchi;
  • Shayusupova X. X. - Katta o‘qituvchi;
  • Toshmatov Sh.T. - Katta o‘qituvchi;
  • Yadgarova N.A. - Katta o‘qituvchi;
  • Mamajonov J.I - Assistent;
  • Nurmuxamedova T. - Assistent;
  • Juraeva G. - Assistent;
  • Xalikova M. - Assistent;
  • Aripova Z.X. - Assistent;
  • Xolmonov Sh.K. - Assistent;
  • Shamsiev A.C - Assistent;

Kafedrada bajarilayotgan davlat va chet el grantlari (fundamental, amaliy va innavatsion loyihalar) ro‘yxati

  • «Uyali aloqa kanallari orqali katta shaharlar hududlarining turli gazlar bilan zaharlanganlik darajasini masofadan monitoring qilish apparat-dasturiy majmuasi» - 2015-2017 y
    Faziljanov I.R. - Loyiha rahbari

Kafedra professor-o’qituvchilari va ilmiy izlanuvchilarining chop etilgan maqolalar

  • Исследование параметрического стабилизатора постоянного напряжения на трех структуктурном инжекционно-вольтаическом транзисторе.И.Р.Фазилжанов, Х.Х.Шоюсупова, У.Ш.Собирова, Н.А.ЯдгароваТАТУ Хабарлари 2013
  • Подготовка специалистов по инфокоммуникациям в УзбекистанеАбдуазизов А.А. Рахимов Т.Г.Электросвязь-2013 г.
  • Исследование многопараметрических нелинейнқх математических моделей биполярнқх транзисторов Арипов Х.К. ТАТУ Хабарлари 2014.
  • "Совершенствованиесиситем и плана нумерации сетей телекоммуникаций Узбекистана” "Телекоммуникации: сети, технологии, решения” №2,2014
  • "Ўзбекистон телекоммуникация тармоқларида IРv4 протоколидан IРv6 протоколига ўтиш тўғрисида” "Телекоммуникации: сети, технологии, решения” №2, 2015
  • "Исследование параметрического стабилитрона постоянного напряжения на составном трехструктурноминжекционно-вольтаическом транзисторе”. Р.Фазилжанов, У.Ш.Собирова, Н.А.Ядгарова ТАТУ Хабарлари 2015
  • "Исследование амплитудно-частотных характеристик комплементарного эмиттерного повторителя на трехструктурныхинжекционно-вольтаическихтранзисторах” И.Р.Фазилжанов, Х.Х.Шоюсупова, У.Ш.Собирова, ТАТУ Хабарлари 2015
  • "Интерактивное телевидение- тенденции развития, технологические решения и проблемы внедрения в Узбекистане. Часть -3 "Проблемы внедрения интерактивного телевидения в Узбекистане”

Kafedraning ilmiy-uslubiy ishlari

  • Radiotexnik tizimlar” darslik. I – qism. Abduazizov A.A.
  • "Sxemotexnika” darslik. Aripov X.K. Abdullaev A.M. Alimova N.B.
  • "Signallarga raqamli ishlob berish” (O`quv qollanma ) Lotin alifbosida A. Abduazizov I.R. Faziljonov YA.T. Yusupov
  • "Elektr aloqa nazariyasi” (O`quv qollanma ) Lotin alifbosida Abduazizov A A.
  • "Radiotexnik tizimlar” fanidan virtual laboratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy ko’rsatmalar. Maxsus fakultet talabalari uchun. X.X. ShayusupovaU.Sh. Sobirova.
  • "Radiouzatish qurilmalari” o‘quv qo‘llanma Abduazizov A
  • "Raqamli radioaloqa tizimlari” o‘quv qo‘llanma Abduazizov A
  • 5350100-Telekommunikasiya texnologilari -ta’limyonalishlaritalabalariuchun”Signallar va tizimlar” fanidan virtual laboratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy ko’rsatmalar.I.R. Faziljanov,X.X.Shayusupova,U.Sh. Sobirova,G.X Juraeva.