Division of Collaborating with Academic Lyceums and Vocational Colleges

Bo‘lim boshlig‘i:

Xaydarov Utkir Abdurashitovich

Qabul vaqti: Chorshanba-Payshanba (15:00 – 17:00)
Telefon: (0 371) 238-65-40

"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liqligi hamda iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasi, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy printsiplari sifatida alohida ko’rsatib o’tilgan. Shuning uchun ham, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 martdagi 07/02-1-6-sonli topshirig’i asosida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limi” tashkil etildi.

Bu tizimdan ko’zlangan asosiy maqsad – avvalo, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini takomillashtirish, uzluksiz ta’limning o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi amalda faoliyat ko’rsatadi. ta’lim-tarbiya, o’quv-uslubiy jarayonlari adabiyotlar axborot ta’minoti sifatini oshirish hamda pedagog kadrlar bilan ta’minlanishi va ularning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan. Bunda universitet o’z oldiga o’quv fanlarini mutaxasisligi va malakasiga xos o’qituvchilar bilan ta’minlash, o’quv adabiyotlari hamda kafedralarning o’quv uslubiy ishlanmalaridan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida foydalanish uchun imkoniyatlarni yaratish, hamkorlikda o’quv adabiyoti, uslubiy qo’llanmalar, pedagogik texnologiyalar yaratish hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga oliy ta’lim muassasalar professor-o’qituvchilarining salohiyatini jalb etish kabi vazifalarni belgilagan.

Bo’lim vazifalari va faoliyati:

  • Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik qilish;
  • Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatni tashkil etish, takomillashtirish va rivojlantirishga ilmiy-uslubiy, tashkiliy va amaliy yordam berish va hamkorlik qilish;
  • O‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq kollej va akademik litseylarda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini ekspertizadan o‘tkazish, ularni amaliyotga joriy etilishini o‘rganish va tegishli tashkiliy-uslubiy yordam berish;
  • Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga biriktirilgan mutaxassisliklar o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlari, o‘quv-uslubiy majmualar va o‘quv-didaktik materiallar ishlab chiqish va ularni o‘quv jarayoniga joriy etilishiga amaliy-uslubiy yordam berish;
  • Universitet professor-o‘qituvchilari kasb-hunar kollejlarining o‘quv rejalari, fan dasturlarini tayyorlashda, ekspertiza qilishda doimiy ishtirokini ta’minlash;
  • Universitet professor-o‘qituvchilari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratishini ta’minlash;
  • Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarning iqtidorli o‘quvchilarini izlab topish, ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish;
  • Akademik litsey va kasb-hunar kollejlar o‘qituvchilarining malakasini oshirish, kompyuter va Internet savodxonligini, chet tilini bilish va undan amaliy foydalanish malakasi, ilg‘or ta’lim texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya vositalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga amaliy yordam ko‘rsatish;
  • Akademik litsey va kasb-hunar kollejlar o‘qituvchilarini, xususan, yosh iqtidorli pedagoglarini ilmiy-tadqiqot jarayoniga faol jalb etish, akademik litseylar va kasb-hunar kollejda o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha fan doktorlarini tayyorlashga (jumladan maqsadli asosda) ko‘maklashish;
  • Turli davra suhbatlari, tadbirlar, tanlovlar, seminar-treninglar o‘tkazish;
  • Universitet qoshidagi akademik litseylar o‘quvchilarining OTMlarga o’qishga kirish ko‘rsatkichlari hamda o‘qishga kirmagan o‘quvchilarni "Abituriyentlar shtabi” ga jalb etish va bandligini ta’minlash;
  • Universitet da akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarini jalb etgan holda uslubiy seminarlar tashkil etish;
  • Universitetning ko‘plab tajribali va professor-o‘qituvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘rindoshlik hamda soatbay asosida o‘qituvchilikka jalb etish;
  • Universitet professor-o‘qituvchilarining ochiq darslariga akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari ishtirokini ta’minlash;
  • Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari, o‘quvchilari uchun universitet axborot –resurs markazi hamda uning o‘quv zallaridan foydalanishlari uchun sharoitlar yaratish;
  • Akademik litseylar va kasb-hunar kollej bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish va ularni ishga joylashtirish masalalarida hamkorlikda chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • Akademik litseylar va kasb-hunar kollej o‘qituvchilari va o‘quvchilariga universitet Axborot-resurs markazidan foydalanishga imkoniyat yaratish;
  • Universitet bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollej ehtiyojiga muvofiq ishga jo‘natish;
  • Akademik litseylar va kasb-hunar kollejda ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy konferensiyalar hamda seminarlar tashkil etish, akademik litseylar va kasb-hunar kollejning xalqaro o‘quv va ilmiy-tadqiqot aloqalarini shakllantirish va rivojlantirishga, o‘qituvchilar va o‘quvchilarni xalqaro ilmiy va o‘quv grantlarida ishtirok etishlariga ko‘maklashish;
  • Akademik litseylar va kollejda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, o‘quvchi-yoshlar bo‘sh vaqtlarini unumli tashkil etish, o‘quvchilarda Vatanga muhabbat va sadoqat, millatimiz, dinimiz va tariximizga yot bo‘lgan turli illatlarga qarshi mustahkam immunitet hosil qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga amaliy yordam ko‘rsatish;
  • Akademik litseylar va kollejning axborot-resurs ta’minoti va moddiy-texnik salohiyatini takomillashtirish va rivojlantirishga ko‘maklashish, universitetning Axborot-resurs markazi, Axborot texnologiyalari markazi va Innovatsion ta’lim texnologiyalari markazidan litsey ehtiyojlariga muvofiq foydalanishga imkoniyat yaratish va boshqalar;
  • Universitetda bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha "Karyera haftaligi”ga akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining rahbarlari, kadrlar bo‘limi xodimlari taklif etish va ularga universitetda tayyorlanayotgan kadrlar to’g’risida ma’lumot berish hamda ishga qabul qilish bo‘yicha shartnomalar imzolashda amaliy yordam berish.