"Elektron hukumat" o‘quv markazi

Direktor

Maxmudov Shuxrat Shakirovich

Qabul vaqti: Chorshanba, Juma (10:00 – 16:00)
Telefon: (0 371) 238-65-63

Markazning tashkil etilgan sanasi: 2013 yil 1 oktyabr

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi "Elektron hukumat” o‘quv markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi "O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1989-son Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2013 yil 30 sentyabrdagi "Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshida "Elektron hukumat” o‘quv markazini tashkil qilish to‘g‘risida”gi 366-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan.

Markazning vazifasi va funksiyasi: "Elektron hukumat” tizimini joriy qilish va uning samarali ishlatilishida ishtirok etuvchi Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish tizimini tashkil qilish; "Elektron hukumat” tizimini joriy qilish va undan foydalanish faoliyati sohasida o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va amalga tatbiq qilish, mazkur yo‘nalishda o‘qitish sifati va darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqish; aholi va tadbirkorlik subyektlarini kompyuter savodxonligi bo‘yicha o‘qitish faoliyatini muvofiqlashtirish; Davlat va boshqaruv organlarida "Elektron hukumat” tizimini joriy qilish va undan foydalanish borasida amaliyotda keng uchraydigan dolzarb muammolar bo‘yicha axborot-tahliliy materiallar va tavsiyalar tayyorlash; ilmiy-tashkiliy, metodik ishlar, tinglovchilarga maslahat berish, "Elektron hukumat” tizimini joriy qilish va uning samarali ishlatilishini tashkil qilish bo‘yicha ishtirok etuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari xodimlarini o‘qitish faoliyatini muvofiqlashtirish; "Elektron hukumat” tizimiga oid o‘quv jarayonini tashkil qilish, nazorat qilish va takomillashtirish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; yuqori texnologiyali moddiy va ilmiy bazani, shuningdek sifatning yuqori va xalqaro standartlar talablari darajasida ixtisoslashtirilgan kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish milliy maktabini shakllantirish; "Elektron hukumat” tizimiga oid fan dasturlarini, ishchi rejalarini, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, zarurat hollarda ta’lim muassasalari va markazlariga amaliy-ilmiy tavsiyalar berish hamda tegishli yordam ko‘rsatish.

Markazning o‘quv auditoriyasi va xonalari soni: Markazida 1 ta o‘quv auditoriyasi (42 kishilik), 1 ta kompyuter sinfi (30 kishilik) mavjud.

Markazning viloyatlarda o‘qitish imkoniyati: Markaz tomonidan Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida o‘qitish imkoniyati mavjud.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

"Elektron hukumat” tizimini joriy qilish va uning samarali ishlatilishida ishtirok etuvchi Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish tizimini tashkil qilish;

"Elektron hukumat” tizimini joriy qilish va undan foydalanish faoliyati sohasida o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va amalga tatbiq qilish, mazkur yo‘nalishda o‘qitish sifati va darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqish;

aholi va tadbirkorlik subyektlarini kompyuter savodxonligi bo‘yicha o‘qitish faoliyatini muvofiqlashtirish;

Davlat va boshqaruv organlarida "Elektron hukumat” tizimini joriy qilish va undan foydalanish borasida amaliyotda keng uchraydigan dolzarb muammolar bo‘yicha axborot-tahliliy materiallar va tavsiyalar tayyorlash;

ilmiy-tashkiliy, metodik ishlar, tinglovchilarga maslahat berish, "Elektron hukumat” tizimini joriy qilish va uning samarali ishlatilishini tashkil qilish bo‘yicha ishtirok etuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari xodimlarini o‘qitish faoliyatini muvofiqlashtirish;

"Elektron hukumat” tizimiga oid o‘quv jarayonini tashkil qilish, nazorat qilish va takomillashtirish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

yuqori texnologiyali moddiy va ilmiy bazani, shuningdek sifatning yuqori va xalqaro standartlar talablari darajasida ixtisoslashtirilgan kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish milliy maktabini shakllantirish;

"Elektron hukumat” tizimiga oid fan dasturlarini, ishchi rejalarini, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, zarurat hollarda ta’lim muassasalari va markazlariga amaliy-ilmiy tavsiyalar berish hamda tegishli yordam ko‘rsatish.

Taqdim etilayotgan kurslar

Kurs nomiMuddatiSoati
Boshlang‘ich kurslar
1Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish3 kun12
2Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish6 kun24
3Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish9 kun36
Mukammal kurslar
1«Elektron hukumat — imkoniyatlari va istiqbollari»2-3 kun14
2«Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — elektron hukumat tizimining asosiy segmenti sifatida»2-3 kun10
3"Yagona nuqta orqali ochiq davlat ma’lumotlaridan foydalanish”2-3 kun10
4"Axborot texnologiyalari sohasidagi loyihalarni boshqarish”9-10 kun38
5"Axborot xavfsizligi”5-6 kun22
6"Axborot xavfsizligi” (chuqurlashtirilgan)9-12 kun48
7"Elektron tijorat”2-3 kun12
8"Elektron tijorat” (chuqurlashtirilgan)4-5 kun20
9"Korxona resurslarini rejalashtirish - ERP”4-5 kun20
10"Biznes jarayonlari reinjiniringi – BPR”3-4 kun16
11""Kadrlar" TAT”5-6 kun24


Markazda soatbay asosida jami 20 nafar o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 2013 yilda 4 nafar, 2014 yilda 8 nafar o‘qituvchilarimiz Koreyaning Seul shahridagi axborot texnologiyalari o‘quv markazida 4 oylik malaka oshirish kurslarida tahsil olib qaytishgan.