Axborot xavfsizligini ta'minlash

Kafedra mudiri:

Ganiyev Abduxalil Abdujalilovich

Qabul vaqti: Dushanba-Juma (14:00-16:00)
Telefon: (0 371) 238-65-25

“Axborot xavfsizligini ta`minlash” (oldingi “Axborot xavfsizligi”) kafedrasi t.f.d., professor M.M.Karimov rahbarligida 2006 yil sentyabr oyida "Axborot xavfsizligi” ta’lim yo’nalishi va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil etildi va kafedraga 2010 yilgacha t.f.d., professor M.M.Karimov so’ngra, t.f.n. dosent S.Yu.Yusupovlar mudirlik qilib keldilar. Kafedrada o’quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarining shakllanishi va rivojlanishida prof. M.M.Karimov, katta o’qituvchilar D.G.Abdullayev, K.A.Tashevlar salmoqli hissa qo’shdilar.

2013 yil 3 sentyabrda t.f.n Durdona Yakubjanovna Irgasheva kafedra mudiri etib tayinlandi.

Qator yillar davomida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan magistratura talabalariga "Internet xavfsizligi”, "Raqamli kriminalistika”, "Amaliy kriptoanaliz usullari”, bakalavriatura talabalariga "Axborot xavfsizligi”, "Axborot nazariyasi va kodlash”, "Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligi”, "Kriptografiya usullari”, "Simsiz tarmoqlarda axborot xavfsizligi”, "Kriptografik protokollar” kabi fanlardan mashg’ulotlar olib borilmoqda. Kafedrada mashg’ulotlar o’tkaziladigan fanlar bo’yicha professor-o’qituvchilari tomonidan bir qator ma’ruza matnlari, o’quv-uslubiy ko’rsatmalar jumladan, 2008 yilda S.K.Ganiyev, M.M.Karimov, K.A.Tashevlar tomonidan kiril va lotin alifbolarida "Axborot xavfsizligi” nomli o’quv qo’llanma chop etildi.

Kafedrada muntazam fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan moliyalanadigan amaliy va fundamental loyihalar hamda, xo’jalik shartnomalari, jumladan 2014 va 2015 yillarda 3 ta fundamental, 2 ta amaliy va 2 ta xo’jalik shartnomasi asosida, o’rtacha yiliga 200 mln. so’mlikdan ortiq axborot-kommunikatsiya tizimlarida axborotni himoyalash usullari va vositalarini yaratish mavzulariga bag’ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedraning bir guruh katta ilmiy xodim-izlanuvchilari va mustaqil tadqiqotchilari ushbu ilmiy-tadqiqot ishlari bilan uzviy bog’langan mavzularda doktorlik dissertasiyalarini tayyorlamoqdalar. 2014 yilda O.U.Xolmuradov va A.A.Vorisovlar katta ilmiy xodim izlanuvchilar institutini tugallagan bo’lsalar, hozirgi kunda kafedraning professor-o’qituvchilaridan A.A.Abduraxmanov va N.B.Nasrullayevlar katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutining 1 va 2 bosqichlarida, bundan tashqari mustaqil tadqiqotchi sifatida D.Ya.Irgasheva, K.A.Tashev va Sh.R.G’ulomovlar doktorlik dissertasiyalari ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kengashining 2016 yil 29 avgustdagi 1(661)-son Qaroriga ko’ra “Kompyuter injiniringi” fakulteti tarkibidagi “Axborot xavfsizligi” kafedrasi negizida yangi “Axborot xavfsizligi” fakulteti tashkil etildi va “Axborot xavfsizligi” kafedrasi “Axborot xavfsizligini ta’minlash” kafedrasiga o’zgartirildi. 

Shu munosabat bilan 2016 yil 3 sentyabrdan “Axborot xavfsizligini ta`minlash” kafedrasiga t.f.n. dotsent Ganiyev Abduxalil Abdujalilovich kafedra mudiri etib tayinlandi.

Hozirgi kunda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan magistratura talabalariga “ Axborot nazariyasi va kodlash” va “ Axborot xavfsizligini boshqarish metodologiyasi” va “Axborotni intellektual himoyalash tizimlari” va “Kompyuter kriminalistikasining usullari va vositalari” va “Xavfsizlik arxitekturasi va modellari”, fanlari bakalavriatura talabalariga “Axborot xavfsizligi”, “Zararkunanda dasturlar”, “Axborot xavfsizligi va xavf-xatarlarni boshqarish”, “Axborot texnologiyalari xavfsizligi jihozlari”, “Informatsion huquq va himoyaning dasturiy vositalarini ishlab chiqish usullari”, “Tarmoq xavfsizligi”, “Axborot tizimlarini auditlash”, “Mobil tizimlari xavfsizligi”, “Operatsion tizimlar xavfsizligi”, “Hujum intsidientlari va unga reaktsiya”, “Buzish va himoyalash printsiplari”, “Web-ilovalar xavfsizligi”, kabi fanlardan mashg’ulotlar olib borilmoqda.

Bakalavriat

5330500

Axborot xavfsizligi

Kompyuter injiniringi ("Axborot xavfsizligi”)

5330300

Axborot xavfsizligi (“Axborot, kommunikatsiya texnologiyalari va servis”)

Magistratura

5А330501

Kompyuter injiniringi (“Axborot xavfsizligi, kriptografiya va kriptoanaliz”)

Kafedrada o’qitiladigan fanlar

Bakalavriat:

  • Axborot xavfsizligi
  • Zararkunanda dasturlar
  • Axborot xavfsizligi va xavf-xatarlarni boshqarish
  • Axborot texnologiyalari xavfsizligi jihozlari 
  • Informatsion huquq va himoyaning dasturiy vositalarini ishlab chiqish usullari 
  • Tarmoq xavfsizligi 
  • Axborot tizimlarini auditlash
  • Mobil tizimlari xavfsizligi
  • Operatsion tizimlar xavfsizligi
  • Hujum intsidientlari va unga reaktsiya
  • Buzish va himoyalash printsiplari
  • Web-ilovalar xavfsizligi

Magistratura:

  • Axborot nazariyasi va kodlash
  • Axborot xavfsizligini boshqarish metodologiyasi
  • Axborotni intellektual himoyalash tizimlari
  • Kompyuter kriminalistikasining usullari va vositalari
  • Xavfsizlik arxitekturasi va modellari

Kafedra professor o’qituvchilari


  • Ganiev Abduxalil Abdujalilovich - kafedra mudiri, t.f.n., dotsent.
  • Ganiev Salim Karimovich – t.f.d., professor
  • Yusupov Sobirjon Yusupjanovich– t.f.n., dosent
  • Kuchkarov Taxir Anvarovich– t.f.n., dosent
  • Samarov Husnutdin Kamardinovich - t.f.n., dosent
  • G’ulomov Sherzod Rajaboevich - katta o’qituvchi
  • Shamshieva Barno Maxmudjonovna - assistent
  • Yusupov Bahodir Karamatovich - assistent
  • Bekmirzayev Obidjon Nuraliyevich - assistent
  • Qoraboev Eldor Alijonovich - assistent
  • Qaxramonov Elbek Quvondiq o'g'li - assistent
  • Raxmonov Umidjon Yunusovich - assistent
  • Muminova Sunbula Shaxzodovna - assistent
  • Fayziyeva Dilsora Salimovna - o’qituvchi stajyor
  • Xudoyberdiyev Azizbek Islomqulovich - o’qituvchi stajyor
  • Alyabev Ivan Valerevich - o’qituvchi stajyor

Bugungi kunda kafedrada 1 ta professor, 4 ta dosent, 1 ta katta o’qituvchi, 8 ta assistant, 3 ta o’qituvchi stajyor professor-o’qituvchilar pedagagik va ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Kafedra professor–o’qituvchilari tomonidan kafedrada o’qitiladigan 14 ta fan bo’yicha ishchi dastur va maruza matnlari tayyorlangan. Kafedrada 5330500 – Kompyuter injiniringi (“Axborot xavfsizligi”) va 5330300 – Axborot xavfsizligi (“Axborot, kommunikatsiya texnologiyalari va servis”) ta`lim yo’nalishlari bo’yicha talabalar tahsil olmoqda.

Zokirov Odiljon Yoqibjon o'g'li katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutining 1-bosqichda bundan tashqari D.Ya.Irgasheva, K.A.Tashev va Sh.R.G’ulomovlar mustaqil tadqiqotchi sifatida doktorlik dissertasiyalari ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

"Axborot xavfsizligi” kafedrasida bajarilayotgan davlat va chet el grantlari (fundamental, amaliy va innavatsion loyihalar) ro’yhati

  • BV-F4-023 “Taqsimlangan axborot-kommunikatsiya tizimlarida insidentlar va kiberxujumlarga qarshi xarakatlarni boshqarish muammolarini tadqiq etish”
    Ganiev S.K. - Loyiha rahbari
  • №A5-063 "Axborot kommunikasiya tizimlarida tarmoqlararo ekranlashtirish va monitoringini kompleks usulini ishlab chiqish”
    Ganiev S.K. - Loyiha rahbari
  • №A5-061 "Samarali yagona identifikasiya texnologiyasi asosida "Elektron hukumat” tizimi xavfsizligi darajasini oshirish”
    Kuchkarov T.A. - Loyiha rahbari

Kafedraning ilmiy uslubiy ishlari

  • Ganiyev S.K., Karimov M.M., Tashev K.A. Axborot xavfsizligi Oliy o’quv yurti talabalari uchun darslik.
  • Ganiyev S.K., G’ulomov Sh.R. Axborot nazariyasi va kodlash Oliy o’quv yurti talabalari uchun o’quv qo’llanma.
  • Ganiyev S.K., Ganiyev A.A., Irgasheva D.Y. Ma’lumotlar bazasi xavfsizligi Oliy o’quv yurti talabalari uchun darslik.
  • Ganiyev S.K., Ganiyev A.A., Irgasheva D.Y. Безопасность базы данных Oliy o’quv yurti talabalari uchun darslik.
  • Kuchkarov T.A. va Shamshiyeva B.M. Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligi fanidan laboratoriya ishlarini bajarishga uslubiy ko’rsatma.
  • Tashev K.A., Irgasheva D.Ya. va Nasrullayev N.B. Kriptografik protokollar fanidan amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishga uslubiy ko’rsatma.
  • Babamuxamedov B.A. va Yusupov B.K. tomonidan Axborot xavfsizligi ta’minoti dasturiy vositalari fanidan laboratoriya ishlarini bajarishga uslubiy ko’rsatma.

Kafedra professor-o’qituvchilari va ilmiy izlanuvchilarining chop etilgan maqolalar ro’yxati

  • Ғаниев С К., Каримов М.М., Абдуллаев Д. Г., Ғуломов Ш.Р. Повышение эффективности процесса фильтрации пакетов // Вестник ТУИТ. - Ташкент, 2011. - №4. - С.7-10.
  • Gulomov Sh.R. Methods of parallel hashing in gateway bridges and switchboards for the organization tables of the filtration traffic // Вестник ТУИТ. - Ташкент, 2012. - №1. - С.9-12..
  • Karimov M.M., Gulomov Sh.R. Definitions policy access differentiations to IP networks on bases algebra of filtering rules // Химическая технология. Контроль и управление. Международный научно-технический журнал. - Ташкент, 2014. - №1(55). - С.33-38.
  • Ganiev A.A., Yusupov B.K., Gulomov Sh.R. Approach designing a mathematical model of network traffic based on special mode filtering // Вестник ТУИТ. - Ташкент, 2014. - №1(29). - С.42-48.
  • Gulomov Sh.R., Nasrullaev N.B., Yusupov B.K. Tools of protection functioning info communication networks from external attacks // Вестник ТУИТ. - Ташкент, 2014. - №4(32). - С.16-24.
  • Gulomov Sh.R., Abdurakhmanov A.A., Nasrullaev N.B. Design Method and Monitoring Special Traffic Filtering under Developing «Electronic Government» // International Journal of Emerging Technology & Advanced Engineering. - India, 2015. - Volume 5. - P.66-73.
  • Karimov M.M., Ganiev A.A., Gulomov Sh.R. Settings firewalls to implement special filtering mode // Вестник ТашГТУ. - Ташкент, 2015. - №1(89). - P.14-21.
  • Karimov M.M., Gulomov Sh.R., Yusupov B.K. Approach Development Accelerate of Process Special Traffic Filtering // Journal of Computer and Communications. - USA, 2015. - Volume 3. - P.68-82.
  • Каримов М.М., Гуломов Ш.Р., Сагатов М.М. Математическая модель специальной фильтрации трафика // Химическая технология. Контроль и управление. Международный научно-технический журнал. - Ташкент, 2017. - №3(75). - С.74-81.
  • Gulomov Sh.R., Akhmedov K.S. The Experiment about Providing the Security of the Network with the base of the Special Filtering of the Traffic // International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. - India, 2017. - Volume 4. - P.4679-4685.

Kafedraning rivojlanishidagi hamkorliklar

  • Janubiy Koreya universitetlari (KAIST, INXA)
  • Germaniya(Drezden texnika universiteti)
  • AQSh(Vebster universiteti)
  • Fransiya(Montebilard texnologik universiteti)
  • Rossiyaning yetakchi universitetlari

Kafedraning rivojlanishidagi soha korxonalari bilan hamkorliklar

  • AK Uzbektelekom
  • "UNICON.UZ" DUK
  • Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko’maklashish markazi
  • UzInfocom