Axborot-resurs markazi

Markaz rahbari

Muxammedova Malika Akilovna

Qabul vaqti: Har kuni
Telefon: (0 371) 238-64-70
E-mail:tuit_arm@mail.ru

Umumiy ma`lumot

Ахborot resurs markazi - ARM ( 2007 yilgacha Universitet kutubxonasi) 1955 yilda tashkil etilgan. ARM fondi Moskva, Leningrad, Odessa elektrotexnika aloqa institutlari tomonidan yuborilgan ijtimoiy, fizika, matematika, va ximiya fanlari bo`yicha bir necha yuzlab kitoblardan iborat bo`lgan. Shu yilning o`zida Toshkentning kitob do`konlaridan adabiyotlarni sotib olish boshlangan. 1956 yilning 1 yanvarida kutubxona fondi 4395 nusxali kitob tashkil etar edi. 15 o`qituvchiga va 153 talabaga hizmat ko`rsatar edi.

Hozirgi kunda ARM yagona kitobxonlik guvohnomasi bilan 6 ming kitobxonga va elektron manbalardan foydalanuvchilarga hizmat ko`rsatmoqda. Kitobxonlar orasida universitet talabalari, professor-o`qituvchilar tarkibi, xodimlari, aspirantlaridan tashqari boshqa oliy o`quv yurtlari talabalari va o`qituvchilari, malaka oshirish kursi tinglovchilari, telekommunikatsiya sohasidagi korxona xodimlari ham mavjud. ARM abonement tizimi orqali kitoblarni uyda, hamda qiroatxonalarda foydalanishning keng imkoniyatini yaratadi. ARM an`anaviy, ya`ni qog`ozda tashuvchi va elektron ma`lumotlardan iborat.

Kutubxona fondi bugungi kunda 308 ming nusxa atrofida bo`lgan kitoblar, broshyuralar, jurnallar, disket va CD-ROMlar tashkil etadi. Fondning 61% o`quv adabiyotlar 32% - ilmiy, 5% - badiiy, qolganlari - boshqa adabiyotlar tashkil etadi. Yil mobaynida kutubxona 7 ming kitob oladi, 100 nomli jurnallar va 65 nomli gazetalarga obuna bo`ladi.

 Kutubxona kitobxonlar bilan turli xil ishlar va metodlar olib boradi:

  • oyda ikki marta Kafedra kunlari uyushtiriladi;
  • mavzuli kitobli-illyustrativli, hamda yangi adabiyotlar ko`rgazmalari o`tkaziladi;
  • har doim yangi kelgan adabiyotlarga byulettenlar ochiladi;
  • 1980 yildan kutubxona kafedra kunlarini o`tkazadi;
  • 1983 yildan bitiruvchilar kunlari, hozir esa bakalavriat bitiruvchilari, adabiyotlarni ochiq ko`rish, ma`lumotli sharhlar olib boriladi;
  • RDHK tizimida 10 abonementga oliy maktab muammolari bo`yicha 21 mavzuda va boshqa ma`lumotlar bilan ta`minlaydi.

Bizning kitobxonlarga: kutubxonaning kitob fondiga an`anaviy kitobxon katalogi (tizimli va alfavitli), aloqa bo`yicha maqolalarning tizimli kartotekalari, Respublikaning hozirgi hayotiga doir aktual savollar bo`yicha mavzuli kartotekalari bo`yicha keng ma`lumot apparati mavjud.

Hozirgi kunda ARM 5268 dan ortiq foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatadi,shulardan 4308 ta bakalavriat va 50 ta magistratura bosqichi talabalari,398 ta professor-o`qituvchilar, 52 ta universitet xodimlari,460 ta tarmoq markazi tinglovchilaridan iborat.

ARM ning umumiy fondi 41324 nomda 325618 nusxadan bo`lib, ulardan:

  • ilmiy adabiyotlar 23860 nom/102490 nusxa;
  • darsliklar 1275 nom/35704 nusxa;
  • o`quv qo`llanmalar 2555 nom/160607 nusxa;
  • badiiy adabiyotlar 10733 nom/13799 nusxani tashkil etadi
  • davlat tilida 4917 nom/76039 nusxada

shundan:

  • ilmiy adabiyotlar 1604nom/14255 nusxa;
  • darsliklar 417nom/13664 nusxa;
  • o`quv qo`llanmalar 1303nom/36848 nusxa;
  • badiiy adabiyotlar 1239 nom/2338 nusxa
  • lotin grafikasida 821nom/13219 nusxa
  • ilmiy adabiyotlar 112 nom/1352 nusxa;
  • darsliklar 156 nom/2526 nusxa;
  • o`quv qo`llanmalar 437 nom/8947 nusxa;
  • badiiy adabiyotlar 90 nom/209 nusxa

Elektron hujjatlar fondi 21321 nomda bo`lib,

  • shulardan elektron darsliklar 2697,
  • elektron o`quv qo`llanmalr 5470,
  • elektron ilmiy adabiyotlat 5316,
  • elektron xorijiy adabiyotlar 7838,
  • elektron maqolalar 5900,
  • dessertatsiyalar 1350 ta nomni tashkil etadi.