Axborot-kutubxona tizimlari

Kafedra mudiri:

p. f. n., dotsent, Ganieva Barno Ilhomovna

Qabul vaqti: Dushanba-Chorshanba (14:00-17:00)
Telefon: (0 371) 238-65-78

Bugungi kunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti mazkur sohada oliy ma’lumotli mutaxassislar yetishtiruvchi yagona oliy ta’lim muassasasiga aylandi va “Axborot-kutubxona tizimlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilariga katta mas’uliyat yuklandi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2012-yil 4-iyundagi PQ-1771 son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2012-yil 27-iyundagi yig‘ilish bayonnomasi asosida Toshkent Davlat madaniyat instituti “Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” talim yo‘nalishi 2012-2013 o‘quv yilidan boshlab, Kasbiy ta’lim fakulteti TTP kafedrasi tarkibidagi  Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik ta’lim yo‘nalishidan “Axborot-kutubxona tizimlari” kafedrasiga biriktirildi.    Mazkur kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Barno Ilxamovna G‘aniyeva mudir etib tayinlandi.

Zamon talabiga mos kadrlar tayyorlash ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. O‘quv dasturlar yangilanib, kutubxonachi kadrlar tayyorlovchi xorijiy davlatlarining universitetlarining ish tajribalari o‘rganilib (Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Koreya va boshqalar), yangi fanlar o‘quv jarayoniga joriy etilmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari xorijda malakalarini oshirib, turli xalqaro seminar va konferensiyalarida faol qatnashib kelmoqdalar.

Kafedrada professional va ilmiy faoliyatni yirik va mashhur olimlar, professor-o‘qituvchilar ko‘rsatib kelmoqdalar, ulardan Raxmatullaev Marat Alimovich, dotsentlar Ganiyeva Barno Ilxamovna, Mahmudov Mirali Haydarovich, Karimov Ulugbek Fozilovich, katta o‘qituvchi Arakelov Sergey Rubenovich hamda bir nechta yosh assistentlar ish tajribalarni o‘rganishmoqda.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kafedra ochilishidan boshlab “Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kutubxonachilik ishining an’anaviy ish uslubiyoti va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy yetish bo‘yicha faoliyatni tashkil etilishiga qaratilgan yangi o‘quv fanlar kiritildi. Jumladan, 2015 yildan boshlab ingliz tili guruhlari tashkil qilindi va mutaxassislik fanlari to`liq ingliz tilida o‘tilishi yo‘lga qo‘yildi.

Bakalavriat

5350600

Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik

Magistratura:

5A350601

    Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik

5A350602

    Elektron kutubxona va arxivlar

Kafedrada o’qitiladigan fanlar

Bakalavriat:

  • Axborot-kutubxona katalogi va fondi
  • Kutubxonashunoslik
  • Axborot-qidiruv tizimlari
  • Umumiy bibliografiya
  • Axborot, kutubxonachilik va nashriyot ishi bo‘yichф standartlar tizimi
  • Elektron kutubxona yaratish
  • Korporativ axborot kutubxona
  • Raqamli axborot xizmati
  • Axborotlarning analitik mahsuloti va xizmati
  • Kutubxonashunoslik, kitobshunoslik ishi tarixi

Magistratura:

  • Jaxon axborot resurslari
  • Axborot-kutubxona tizimlarini loyihalashtirish
  • Axborot-kutubxona xizmati: nazariyasi va uslubiyoti
  • Axborot-kutubxona muassasalarida bolalarga xizmat ko‘rsatish
  • Kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik, kitobshunoslik tadqiqotlarini tashkil etish metodikasi
  • Arxiv ishi boshqaruvi
  • Arxiv ishi nazariyasi va tarixi
  • Arxiv menejmenti
  • Axborot kutubxona va arxiv tizimlarini loyihalashtirish

Kafedraning professor-o‘qituvchilar tarkibi

  • Ganieva B.I. - kafedra mudiri, dotsent, pedagogika fanlari nomzodi
  • Raxmatullaev M.A. - professor, texnika fanlari doktori
  • Maxmudov M.X. - dotsent, pedagogika fanlari nomzodi
  • Arakelov S.R. - katta o‘qituvchi
  • Xundibayev A.M. - texnika fanlari nomzodi
  • Anufrieva Yu.G. - assistent
  • Raximova Sh.A. - assistent
  • Muxammadjanov Sh.M. - assistent
  • Karimov O’.U. - assistent
  • Ziyodullayeva G. - assistent
  • Sultonova Z. - assistent
  • Zulfiqorov B. - assistent

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari:

  • Loyiha nomi: O‘zR VM qoshidagi fan va texnologiyani rivojlantirish Qo‘mitasi granti asosida “Korporativ tarmoq axborot muhitida noaniq va stoxastik so‘rovlarni qayta ishlash”; Loyiha turi: amaliy; Loyiha muddatlari: 2015-2017 yy.; Loyiha fondi: 125 mln so’m; Loyihaning ijrochilari: Raxmatullaev M., Karimov U.F., Karimov O‘.U., Mo‘minov B.
  • Loyiha nomi: Reabilitatsiya texnologiyasi Erazmus+ loyihasi 561621-YeRR-2015-1; Loyiha turi: xalqaro loyiha; Loyiha muddatlari: 2015-2017 yy.; Loyiha fondi: 744 346 yevro; Loyihaning ijrochilari:Loyiha hamkorlari:YeI: Sannio universiteti (Italiya), Per va Mariya Kyuri Universiteti (Fransiya), Plovdiv shaxridagi Tibbiyot universiteti (Bolgariya), jismoniy va reabilitatsion tibbiyot Yevropa assotsiatsiyasi (Estoniya), Vilnyus universiteti (Litva), PLUX – Wireless Biosignals, S.A. (Portugaliya). O‘zbekiston: Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU), TATU Qarshi filiali, Toshkent pediatrik tibbiyot instituti (TPTI), Toshkent pediatrik tibbiyot instituti Nukus filiali, OO‘MTV huzuridagi ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi, Respublika terapiya va tibbiy reabilitatsiya maxsus ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
  • Loyiha nomi: «Новая магистерская программа в области информационно-библиотечной науки» TEMPUS NMPLIS Yevropa birlashmasi; Loyiha turi: ilmiy-amaliy; Loyihaning rahbari: Raxmatullaev M.A.; Loyihaning ijrochilari: Raxmatullaev M.A., Ganieva B.I., Karimov U.F., Arakelov S.R.
  • Loyiha nomi: «Mualliflik huquqi va hamkorlik huquqlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining rivoji bo’yicha tadbirlarni tashkil etish» bo’yicha eIFL (Electronic Information For Libraries) xalqaro EC kutubxona konsorsiumining granti; Loyiha turi: amaliy; Loyihaning rahbari: Raxmatullaev M.A.; Loyihaning ijrochilari: Raxmatullaev M.A., Ganieva B.I., Xundiboev A.X., Gaffarov K.A.
  • Loyiha nomi: UNESCOning granti “Создание Научного информационного центра в Ташкентском университете информационных технологий”; Loyiha turi: ilmiy-texnik; Loyihaning rahbari: Raxmatullaev M.A.; Loyihaning ijrochilari: Raxmatullaev M.A., Karimov U.F., Atadjanov J.
  • Loyiha nomi: «Корпоративная информационно-библиотечная сеть ВУЗов Ташкента»; Loyiha turi: innovatsiya; Loyihaning rahbari: Raxmatullaev M.A., Loyihaning ijrochilari: Raxmatullaev M.A., Karimov U.F., Djalilova G.A., Ishniyazov O.O.

Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari:

  • A.Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi;
  • O’zR VM huzuridagi “O’zarxiv” agentligi;
  • Toshkentdagi Yevropa Ittifoqi Erasmus+ milliy ofisi;
  • Respublika axborot-kutubxona markazi;
  • Fanlar akademiyasi Asosiy kutubxonasi
  • Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi

Kafedra manzili: TATU C binosi, 4 qavat, 350 xona