Audiovizual texnologiyalar

Kafedra mudiri:

Muxamadiyev Abdivali Shukurovich

Qabul vaqti: Dushanba – Shanba (15.00-17.00 gacha)
Telefon: (0 371) 238-65-61

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 1 apreldagi "O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida yuqori texnologiyali teleradiouskunalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1088-sonli Qaroriga muvofiq Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Televizion texnologiyalari” fakultetiga asos solingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 4 iyundagi № PQ-1123-sonli Qarori bilan "Televizion texnologiyalari” fakultetida tahsil olishning 3 yillik muddatli maxsus sirtqi bo‘limi o‘z faoliyatini boshladi.

2011 yildan boshlab "Televizion texnologiyalari” fakultetida 2011-2012 o‘quv yilida "Kompyuter grafikasi va dizayn” mutaxassislik kafedrasiga asos solindi. Ushbu kafedrani fizika-matematika fanlari nomzodi Nuraliyev F.M. kafedra mudiri sifatida boshqara boshladi. Ushbu mutaxassislik kafedrasida quyidagi: 5330400-"Kompyuter grafikasi va dizayn”; 5320600-"Audio-video texnologiyalari”; 5350200-"Ovoz yozish texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlangan. Kafedrada quyidagi maxsus mutaxassislik fanlar o‘qitilgan: Kompyuter grafikasi va dizayn, Kompyuter grafikasi va dizaynning amaliy dasturiy vositalari, Audio va video montaj, Kino va televideniyada montaj, Kompyuter grafikasi va dizaynning maxsus effektlari, Audioyozuvlar montaji va muharrirlash, Fonogramma va ovoz montaji.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 28 iyundagi "Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi VMQ-188-sonli Qaroriga binoan Toshkent axborot texnologiyalari universiteting tuzilmasiga o‘zgarishlar kiritilganligi tufayli, 2013-2014 o‘quv yilidan boshlab kafedra nomi "Audiovizual texnologiyalari” deb e’tirof etila boshlandi va kafedrani fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Muxamadiev A.Sh. boshqara boshladi.

“Audiovizual texnologiyalar” kafedrasi o`z tarixi davomida 5330400-“Kompyuter grafikasi va dizayn”, 5320600-“Audio-video texnologiyalari” 5350200-“Televizion texnologiyalar” (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va ilovalari”) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 600 dan ortiq bakalavrlarni tayyorladi va ular xalq xo`jaligining turli tarmoqlarida faoliyat olib bormoqdalar. 

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

5350200

"Televizion texnologiyalar” ("Audiovizual texnologiyalar”).

Kafedra magistratura mutaxassisliklari:

5A351001

Audiotexnologiyalar;

5A351002

Videotexnologiyalar;

Kafedrada o’qitiladigan fanlar

Bakalavriat:

  • Kompyuter grafikasi
  • Mass media kommunikatsiyasi
  • Universitetda mediata’lim texnologiyalari (Media programmalash loyixalari)
  • 3D modellashtirish va raqamli animatsiya
  • Audio va videomontaj
  • Raqamli audio, video va TV texnologiyalar
  • Raqamli audio va video maxsulotlari (Musiqiy mahsulotlar)
  • Foydalanuvchi dizayni
  • Kreativ dizayn va Web san’ati
  • Nutq signallariga raqamli ishlov berish
  • Raqali axborotlarga ishlov berish
  • Audio studiyalar dizayni
  • Ma’lumotlar bazasiga kirish
  • Raqamli kontentlar uchun maxsus effektlar
  • Multiplikatsiya mahsulotlari yaratish texnologiyalari
  • Audiovizual xizmatlar
  • Virtual reallikni vizuallashtirish.

Magistratura:

  • Audio-video ma`lumotlarni qayta ishlash va siqish usullari
  • Real tasvirlarni sintez qilish usul va algoritmlari
  • Videoaxborotlarga ishlov berish va tahlilqilish
  • Interaktiv mediatexnologiyalar
  • Fraktallar nazariyasi va fractal grafika
  • Tasvirlarga ishlov berishning matematik asoslari
  • Media, film va television mahsulotlar
  • Tovushlarni sintez qilish usul va algoritmlari
  • Raqamli audiotahlil
  • Zamonaviy audio-video qurilmalar
  • Nutq signallarini tanib olish

Kafedra professor o’qituvchilari

  • Muhamadiyev Abduvali Shukurovich - fizika – matematika fanlari nomzodi, dotsent
  • Nuraliyev Faxriddin Murodillayevich - fizika – texnika fanlari doktori, dotsent
  • Ravshanov Normahmad - texnika fanlari doktori, professor
  • Beknazarova Saida Safibullayevna - texnika fanlari doktori, dotsent
  • Mirzayev Nomoz - texnika fanlari nomzodi, dotsent
  • To`xtasinov Mumtozali To`lqinaliyevich - texnika fanlari nomzodi, dotsent
  • Qosimova Shoxista Toshxo`jayevna - dotsent v.b.
  • Anarova Shaxzoda Amanbayeva - ...
  • Abduraximova Svetlana Vladimirovna - katta o`qituvchi
  • Turayev Botir Zokirovich - katta o`qituvchi
  • Qayumova Gulshan Asrorovna - katta o`qituvchi
  • Modullayev Jahongir Sobir o’g’li - assistent
  • Narzullayev Oybek Mirzayevich - assistent
  • Raximov Shoxrux Ilxomovich - assistent
  • Saidov Farrux Faxriddinovich - assistent
  • Baxramov Asror Axror o’g’li - o’qituvchi stajyor
  • Boymurodov Bobur Elmurodovich- o’qituvchi stajyor
  • Cho’lliyev Shoxrux Ibadullayevich - o’qituvchi stajyor
  • Allamova Shoxista Shavkat qizi - o’qituvchi stajyor

Kafedrada bajarilayotgan davlat va chet el grantlari (fundamental, amaliy va innavatsion loyihalar) ro’yxati:

  • Nuraliyev F.M. - fizika – № А-5-026 «Mediaedu.UZ mediata’lim tizimining modellari, algoritmlari va dasturiy kompleksini yaratish» (2015-2017)
  • Ш.А. Анарова - № БА-А5-014 Мураккаб фрактал тузилишларни R - функция ва арифметик хусусиятлар назариясига асосан аналитик баён этишнинг автоматлаштирилган технологиясини ишлаб чиқиш (2017-2018)
  • Kafedraning ilmiy-uslubiy ishlari:

    • Nuraliyev F.M., B.Z.To‘raev, “Kompyuter grafikasi va dizayn” fanidan uslubiy qo`llanma
    • A.Sh.Muxamadiyev, B.Z.To‘raev “3D modellashtirish va raqamli animatsiya” fanidan o‘quv qo‘llanma
    • Beknazarova S.S., Qayumova G.A. “Mass Media kommunikatsiyasi” fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun metodik qo‘llanma
    • Nuraliyev F.M., Nabiyev I.Sh. “Kompyuter grafikasi” fanidan maxsus sirtqi bo‘lim talabalari uchun amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun metodik qo‘llanma
    • O.M.Narzulloyev “Audio video montaj” fanidan o‘quv qo‘llanma
    • A.Sh.Muxamadiyev, “Kompyuter grafikasi” fanidan sirtqi bo‘lim talabalari uchun ma’ruza matni
    • A.Sh.Muxamadiyev, “3D modellashtirish va raqamli animatsiya” fanidan talabalari uchun ma’ruza matni
    • A.Sh.Muxamadiyev, G.A.Qayumova, M.M.Rasulbayev, “Kompyuter grafikasi va dizaynning amaliy dasturiy vositalari” fanidan uslubiy qo‘llanma
    • Rasulbayev M.M., “3 o`lchovli modellashtirish va animatsiya” fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun metodik qo‘llanma
    • Qurbanov S.K., “3D modellashtirish va raqamli animatsiya” fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun ingliz tilida metodik qo‘llanma
    • Beknazarova S.S., “Mass Media kommunikatsiyasi” fanidan uslubiy qo‘llanma tayyorlash
    • Beknazarova S.S., “Universitetda mediata’lim texnologiyalari” fanidan uslubiy qo‘llanma
    • Nuraliyev F.M., Qayumova G.A. “Kompyuter grafikasi va dizayn” fanidan laboratoriya mashg`ulotlari uchun metodik qo`llanma 1-qism
    • Nuraliyev F.M., Nabiyev I.Sh. “Kompyuter grafikasi va dizayn” fanidan laboratoriya mashg`ulotlari uchun metodik qo`llanma 2-qism
    • Nuraliyev F.M., Aytmuradov B. “Kompyuter grafikasi va dizayn” fanidan laboratoriya mashg`ulotlari uchun metodik qo`llanma 3-qism
    • Abduraximova S.V., “Audio post Prodakshn” metodik qo`llanma

    Kafedra professor-o’qituvchilari va ilmiy izlanuvchilarining chop etilgan maqolalar ro’yxati

    • Muxamadiev A.Sh., "Ta’lim tizimining axborot ta’minotini shakllantirishdagi yangi texnologiyalar”, Zamonaviy ta’li, Toshkent, 2015, №1,S.36-40.
    • Nuraliyev F.M., AnarovaSh.A., "Study of Stressed State of Elastic Prismatic Bodies of Arbitrary Section with a Cavity in Problems of Constraint Torsion”, International Journal of Scientific and Innovative Mathematical Research (IJSIMR) Volume 3, Issue 2, February 2015, PP 1-15 ISSN 2347-307X (Print) & ISSN 2347-3142 (Online)
    • Beknazarova S.S. "Razrabotka kontseptualnoy modeli mediaobrazovatelnoy sistemы, yee formalizatsiya i analiticheskiy raschet”, «Distantsionnoe i virtualnoe obrazovanie», Nauchnыy jurnal Moskva, №6, 2013,S. 107-113
    • Beknazarova S.S., Qayumova G.A., "Mobile application for defines reliability information kids found on the internet”, News of science and education № 14(14)2014, SCIENCE AND EDUCATION LTD, 2014, p.85-88
    • Beknazarova S.S., Qayumova G.A., "Kid’s found on the internet – mobile application for defines reliability information”, Australian Journal of Scientific Research No.1. (5), January-June, 2014, VOLUME IV, "Adelaide University Press” 2014.
    • Mirzaev N.M., "Noravshan to‘plam apparati asosida tasvirdagi ob’ektlarning kontur chiziqlarini ajratish algoritmlari”, "Informatika va energetika muammolari” O‘zbekiston jurnali, Toshkent, 2014, №4 S.56-61.
    • Turaev B.Z., "CASE-study texnologiyasini qo‘llash asosida bo‘lajak kadrlar kasbiy kompetentligi baholashning interfaol uslubi”, Zamonaviy ta’li, Toshkent, 2015, №1,S.29-35.
    • Beknazarova S.S., "Ekspertnaya mediaobrazovatelnaya sistema”, Zamonaviy ta’li, Toshkent, 2015, №1,S.23-28.
    • Turaev B.Z., "Informatika va axborot texnologiyalariga tegishli mutaxassislik fanlarini o‘qitishning metodik tizimini loyihalash”, O‘zMU xabarlari. – Toshkent, 2014. – № 3., S. 215-220
    • Turaev B.Z., "Mustaqil ta’lim – talabalarning kasbiy  kompetentligini shakllantirish vositasi sifatida”, "Ta’lim tizimida ijtimoiy gumanitar fanlar” ilmiy-uslubiy jurnal. – Toshkent, 2013.  – №4. S. 62-66.
    • Muxamadiyev A.Sh. RavshanovN., “An Approximate Analytical Solution of the Problem of Fluid Filtration in the Multilayer Porous Medium”, No. 6 (2016) 1650042 (10pages) Корея.
    • Тўраев Б.З., “Formation of professional competence of future professionals in computer science and information technology”, No. 2, 2016 29-35б. Буюк Британия.
    • Beknazarova S.S. Qayumova G.A., “Optimization of media resource transportation”, 2(4) April 2016, P.44-45 Киев.
    • Касимова Ш.Т., “Об одной возможности адекватного отражения семантики в базах данных информационных систем”, 2016 йил №18 сентябрь, С 39-40 Россия.
    • Тўраев Б.З., ” Features teaching method of "Banks and databases" the formation of the professional competence of future IT professionals”, Eastern European Scientific Journal. – Germany, 2016. – №6. рр. 159-163.

    Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari

    • O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
    • Toshkent aloqa kasb hunar kolleji
    • Toshkent radio va televideniya kasb hunar kolleji
    • "MediabayAsiya” MChJ
    • Xalq ta]limi Vazirligi qoshidagi "Multimedia umumta’lim dasturlarni rivojlantirish” markazi

    Kafedra manzili: B - blok, 3- etaj, 307, 308, 309, 301A, 418- xonalar