AKT sohasida iqtisodiyot

Kafedra mudiri:

Iminova Nargizaxon Akramovna

Qabul vaqti: Dushanba – Shanba ( 15:00-17:00 gacha)
Telefon: ((0 371) 238-64-72
E-mail: @tuit.uz

“Iqtisod” kafedrasi 1971 yilda universitet “Siyosiy iqtisod” kafedrasi ikki mustaqil kafedraga bo’linishi natijasida dastlab “Aloqa korxonalari iqtisodiyoti, rejalashtirish va boshqaruv” deb nomlandi. Kaferdani 1971-1974 yillarda X.S.Mansirev boshqardi.

Kaferdaga 1974-1986 yillarda iqtisod fanlari nomzodi, dotsent V.G.Butkeyev, 1986-1991 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent O.Ye.Yakovlevlar mudirlik qildilar.

Kafedraga 1991-2011 yillarda o’z kasbini chuqur egallagan, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent T.M.Butkeyeva mudirlik qilgan.

1996 yilda iqtisodiy yo’nalishlari bo’yicha yangi fakultet - O'zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining 1996 yil 20 maydagi 175-sonli buyrug'iga asosan muhandis-iqtisodchi fakulteti tashkil qilinishi sababli kafedra tarkibidan “Aloqa korxonalarning iqtisodiyoti” kafedrasi ajralib chiqdi.

2002 yil 13 dekabrdan Universitet rektorining buyrug’i bilan “Iqtisod” kafedrasi deb yuritila boshlandi.

“Iqtisod” kafedrasiga 2012-2013 yillarda iqtisod fanlari nomzodi Sh.E.Sindarov mudirlik qilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi PQ-1942 son qarori talablarga muvofiq Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish natijasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2013-2014 o’quv yilidan boshlab yangi “AKT sohasida iqtisodiyot va menejment” yo’nalishi va mutaxassisligi bo’yicha talabalar qabuli boshlanadi va 2013 yildan kafedra nomi “AKT sohasida iqtisodiyot” deb yuritila boshlandi.

Kafedraga 2013-2016 yillarda iqtisod fanlari nomzodi S.P.Achilova mudirlik qilgan. 2016 yil 4-sentyabrdan 2016 yil 10 oktyabrgacha iqtisod fanlari nomzodi X.A.Qobulov mudirlik qilgan.

Ushbu kafedraga 2016 yil 12 oktyabrdan iqtisod fanlari nimzodi, dotsent N.A.Iminova mudirlik qilmoqda.

Kafedra o’qituvchilari kafedra ilmiy mavzusi bilan bog’liq muammolarga bag’ishlangan seminarlar hamda xalqaro, respublika ilmiy-texnik va ilmiy-metodik konferentsiyalarda ishtirok etib kelmoqdalar. Bundan tashqari, kafedra o’qituvchilari tomonidan respublika va xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar muntazam ravishda chop etilmoqda.

Bakalavriat

5350300

AKT sohasida iqtisodiyot va menejment

Magistratura

5A350301

AKT sohasida iqtisodiyot va menejment

5A350302

Elektron tijorat

Kafedrada o’qitiladigan fanlar

Bakalavriat:

  • Mikromakroiqtisodiyot
  • Hisob asoslari
  • Коmmunikatsiya sohasi iqtisodiyoti
  • Pul va banklar
  • Boshqaruv xisobi
  • Iqtisodiyot nazariyasi
  • Soliq va soliqqa tortish
  • Institusional iqtisodiyot
  • Ekonometrika
  • Narx belgilash nazariyasi
  • IT iqtisodiyot

Magistratura

  • Moliyada axborot texnologiyalari
  • Xalqaro IT rivojlanish
  • Axborotlashgan iqtisodiyot
  • Boshqaruv xisobi

Kafedra professor o’qituvchilari

  • Iminova Nargizaxon Akramovna - kafedra mudiri
  • Qo’chqorov Toxir Safarovich - i.f.n., dotsent
  • G’aniev Baydulla Toshmurodovich - i.f.n., katta o’qituvchi
  • Мuhammadalieva Nargiza Baxodirovna - katta o'qituvchi
  • Bababekova Nargiza Baxtiyarovna - katta o’qituvchi
  • Ma’murov Baxtiyor Xolmatjanovich - katta o’qituvchi
  • Dexqonov G’ayrat Rahimovich - katta o’qituvchi
  • Akramova Gulnora Abduvoxidovna - assistent
  • Aripxodjayev Muzaffar Xalxodjaevich - assistent
  • Ismailov Xusanboy Maxamadqosim o’g’li - assistent
  • Raxmatova Sitora Shuxratjon qizi - assistent
  • Turdiqulova Nasima Shuxratovna - assistent

    KAFEDRA O’QITUVCHILARINING ILMIY USLUBIY ISHLARI

    • Nurmatova D.S - "Hisob asoslari” fani bo’yicha uslubiy qo’llanma.
    • Quvondiqova D.K.- "Маkroiqtisodiyot” fanidan amaliy mashg’ulotlar uchun uslubiy qo’llanma
    • Мuhammadaliyeva N.B., Dehqonov G’. - "Boshqaruv hisobi” fanidan uslubiy qo’llanma
    • Rahimboev S.Q., Мirzaraximova А. – "Microeconomics” fanidan keyslar to’plami
    • Rahimboev S.Q., Мirzaraximova А. – "Microeconomics” fanidan uy vazifalar to’plami
    • Ma’murov B.X. – “Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan masalalar to’plami
    • Ma’murov B.X. – Bitiruv oldi amaliyoti xisobotini tayyorlash bo’yicha uslubiy ko’rsatma
    • Ma’murov B.X. – Bitiruv malakaviy ishini yozish bo’yicha uslubiy ko’rsatma
    • Аkramova G.А. – "O’zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi” fanidan uslubiy qo’llanma
    • Babaxanova D.R. – "O’zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi ” fanidan testlar to’plami