Abituriyent

Binolar va guruhlar

Test imtixonlari o'tkaziladigan binolar

1. Qabul to'g'risida umumiy ma'lumot

  • Hujjatlar qabul qilish muddati: 2018 yil 15 iyundan 15 iyulga qadar
  • Test sinovlari o'tkaziladigan muddat: 2018 yil 1 avgustdan - 15 avgustgacha
  • Qabul komissiyasi ish tartibi: Dushanba - Shanba (9:00-18:00)
  • Qabul komissiyasi telefonlari: (+99871) 238-64-21

2. Abituriyentlar tomonidan qabul komissiyasiga taqdim etadigan hujjatlar to'plami:

  • ta'lim yo'nalishi, o'qitish tili va shakli ko'rsatilgan holdagi ariza;
  • o'rta yoki o'rta maxsus ma'lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  • 086/U-shakldagi tibbiy ma'lumotnoma;
  • fuqarolik pasporti nusxasi;
  • 3,5x4,5 sm o'lchamdagi 6 dona fotosurat (yuqori sifatli oq fonda);
  • papka (skorosshivatel) 2 dona, konvert 2 dona

Bundan tashqari abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko'rsatadi.

3. Maxsus sirtqi bo'lim haqida ma'lumot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018/2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida” 2018 yil 6 iyundagi PQ-3769-son qaroriga muvofiq Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bakalavriatiga 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab quyidagi ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilish belgilangan:
1) 5350200 -Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va dasturlari”) – 25 nafar;
2) 5330500 - Kompyuter injiniring (“Kompyuter injiniring”, “AT-servis”, “Multimedia texnologiyalari”) – 25 nafar;
3) 5350500 - Pochta aloqasi texnologiyasi- 50 nafar.
Jami – 100 nafar.

Maxsus sirtqi bo‘limiga xujjatlarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga o'qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom.

Yuqorida keltirilgan Nizomlarga binoan:

1) Abituriyentlarning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari universitet qabul komissiyasi tomonidan 15 iyundan 15 iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Abituriyent universitet qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza (arizada oliy ta’lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma’lumoti yo‘qligi, harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uning raqamini va tanlangan ikkinchi oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishini ko‘rsatishlari hamda test sinovlarini o‘tkazish qoidalari va javoblar varaqalarini to‘g‘ri to‘ldirish bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);
- pasport asl nusxasi;
- harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat (shaxsan taqdim etiladi);
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
-086-U - shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
- pasport nusxasi;
-3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
- mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma
- tavsiyanoma.

2) 5350200 -Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va dasturlari”) va 5330500 - Kompyuter injiniring (“Kompyuter injiniring”, “AT-servis”, “Multimedia texnologiyalari”) ta’lim yo‘nalishilariga hujjatlarni topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlarga qabul faqat tegishli yoki turdosh ta’lim yo‘nalishiga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga hamda kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo‘lgan, tavsiyanoma berish O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
5350500 - Pochta aloqasi texnologiyasi ta’lim yo‘nalishiga hujjatlarni topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlarga qabul faqat tegishli yoki turdosh ta’lim yo‘nalishiga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga hamda kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo‘lgan, tavsiyanoma berish “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan amalga oshiriladi.

MUROJAATLAR UCHUN UNIVERSITET CALL-CENTER TELEFON RAQAMLARI:

(95) 475-30-05
(95) 475-30-06
(95) 475-30-07
(95) 475-30-08
(95) 198-77-37

4. Qoshimcha kontrakt haqida ma'lumot

5.O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida

6. Abituriyentlar uchun qabul jarayonlariga oid ma'lumotlar:

7. Qabul komissiyasiga arizalar tushish jarayoni

8. Abituriyentlarga kasbiy tushunchalar berish va kasbga yo'naltirish bo'yicha o'quv laboratoriyalari to'g'risida ma'lumot

9. Test sinovlari o'tkaziladigan binolar joylashuvi to'g'risida ma'lumot

  • Test sinovlari kunduzgi, maxsus sirtqi va kechki (smenali) ta'lim shakli uchun har yili 1 avgustdan 15 avgustgacha bo'lgan muddatda, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o'tkaziladi. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.
  • Abituriyent test sinovlari boshlanganidan so'ng binoga tegishli hududga kiritilmaydi.

  • Abituriyent ruxsatnomasida ko'rsatilgan sana va vaqtda test sinolarida ishtirok etadi.
  • Abituriyent uchun mazkur sana va vaqt qat'iy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilmaydi.

  • Test sinovlari Toshkent shaxridagi "O'zekspomarkaz" milliy ko'rgazmalar majmuasi pavilonlarida va uning hududida o'rnatiladigan qo'shimcha yig'ma pavilonlarda, shuningdek, katta sig'imdagi boshqa binolarda, viloyat markazlarida esa - olimpiya zaxiralari kollejlari yoki boshqa tashkilotlarning katta sig'imdagi binolarida o'tkaziladi.